Germaniya Oliygohlariga ko´prik

8-aprel kuni Berlin Zentrum o´quv markazida “Studienbrücke- Germaniya Oliygohlariga ko´prik” dasturi haqida taqdimot o´tkazildi. Taqdimotda ko´p sonli o´quvchilar va ularning ota- onalari ham ishtirok etishdi. Taqdimot so´ngida savol- javob shaklida ochiq muloqot o´tkazildi. Aktiv ishtirokchilarga esdalik sovg´alar topshirildi.