2020-yil 25-mart kuni Berlin Zentrum jamoasi Germaniyaning Papenburg Qurilish Kompaniyasi bilan „Ausbildung“- kasbiy ta´lim yo´nalishida hamkorlik bo´yicha shartnomaga imzo qo´ydi.

Shartnoma doirasida Berlim Zentrum o´quv markazida ta´lim olgan Andijon viloyati va qo´shni hududlardagi tinglovchilar Germaniya Federativ Respublikasida 3 yillik kasbiy ta´lim olish va 5 yillik mehnat shartnomasi bilan Germaniyada ishlash imkoniyatini qo´lga kiritishlari mumkin. Papenburg loyihasi o´quvchi yoshlarga yo´l qurilishi, logistika va texnik sohalarda kasbiy ta´lim olish imkoniyatini taklif etadi.
2020 yili 25 nafar , 2021 yili 18 nafar va 2022 yili 48 nafar Berlin Zentrum tinglovchilari ushbu firmada 3 yillik kasbiy ta´lim o´rniga ega bo´lishdi.
2022 yili o´quv markazimizning 7 nafar tinglovchisi Papenburg firmasi bilan 5 yillik ish shartnomasini imzolab „D“ kategoriyadagi ishchi vizasini qo´lga kiritishdi.

Markazimizning yana bir ishonchli hamkorlaridan biri Germaniya Federativ Respublikasining logistika sohasida yetakchi firmalaridan biri Duvenbeck firmasidir. Ushbu firma yuk mashinasi haydovchisi sohasida kasbiy ta´lim va ish o´rinlari taklif qiladi.

Yuqoridagi firmalarda kasbiy ta´lim o´rniga ega bo´lish uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:
-yoshingiz 18-28 orasida bo´lishi
-B1 + (CEFR) til sertifikati

Ish o´rniga ega bo´lish uchun esa:
– yoshingiz 21-45 orasida bo´lishi;
– B1 +(CEFR) til sertifikati;
– E kategoriyasidagi haydovchilik guvohnomasi.

Hamkorlar

GI_Logo_vertikal_gruen_IsoCV2