Biz sizga zamonaviy o’qitish usullari va Germaniyaning eng so’nggi materiallaridan foydalangan holda nemis tilini chet tili sifatida malakali o’qitishni taklif etamiz. Darslarni yuqori malakali mahalliy o’qituvchilar olib boradilar.

Nemischa muhitni his etishingiz uchun nemis tili va madaniyatiga bag’ishlangan tadbirlarimizga tashrif buyurib, axborot markazimiz (kutubxona)dagi so‘nggi matbuot va kitoblar orqali Germaniyadagi zamonaviy hayot haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz mumkin.

Andijon til oʻrganish markazi faoliyati Gyote instituti tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan.

Goethe-Siegel-gruen1-300x300