Maqolalar

CHIQINDINI AJRATISH NIMA UCHUN MUHIM?

Agar hamma birdek ishtirok etsa, kelajak avlodlar uchun dunyomizni himoya qilishga hamma o’z hissasini qo’shadi. So’nggi yillarda biz yashayotgan ushbu go’zal dunyoni himoya qilish muhimligini tobora ko’proq anglab yetayapmiz. Biz hamma narsani axlat qutisiga tashlaganimiz va atrof-muhit haqida ko’proq o’ylamagan kunlarimiz endi tarixga aylanadi. Biz ozroq axlat ishlab chiqaradigan bo’lsak, atrof-muhitni kamroq ifloslantiramiz. Bu chiqindilarni saralash muhim ahamiyatga ega bo’lgan asosiy sabablardan biridir.

Berlin Zentrum o´quv markazi atrof- muhitni himoya qilish, va chiqindilarni saralash bo´yicha Germaniya tajribasiga tayangan xolda, chiqindilarni ajratish bo´yicha mahsus qutilar tashkil etdi. Bunga ko´ra chiqindilar 3 turga ajratiladi:
1, Qoldiq chiqindilar

  1. Qog´oz va karton
  2. Shisha va plastik idishlar.

Siz ham chiqindilarni saralang va tabiatni himoya qiling 😎

Germaniya Oliygohlariga ko´prik

8-aprel kuni Berlin Zentrum o´quv markazida “Studienbrücke- Germaniya Oliygohlariga ko´prik” dasturi haqida taqdimot o´tkazildi. Taqdimotda ko´p sonli o´quvchilar va ularning ota- onalari ham ishtirok etishdi. Taqdimot so´ngida savol- javob shaklida ochiq muloqot o´tkazildi. Aktiv ishtirokchilarga esdalik sovg´alar topshirildi.